O`zbekistonning mustaqilligi milliy madaniyatimiz, ayniqsa xalq amaliy san`ati va hunarmandchiligi taraqqiyotiga keng yo`l ochib berdi. Qadimdan rivoj topib kelayotgan naqqoshlik, ganchkorlik, yog`och o`ymakorligi, badiiy kulolchilik, misgarlik, kashtachilik turlari yana gurkirab o’sa boshladi, uning milliy badiiy an`analari yanada rivojlanmoqda. San`atning unutilib ketgan ayrim turlari hisoblangan matoga gul bosish, suyak va tosh o`ymakorligi, zargarlik, pichoqchilik, gilamchilik turlari qayta tiklandi. Amaliy san`at va xalq hunarmandchiligining yangi turlari chinni haykaltoroshligi, charmda miniatyura ishlash, inkrustasiya, qovoq shakliga naqshlar bilan ishlov berish kabi turlari paydo bo`ldi va bu yo`nalishlarda ustalar yuksak ko`taringilik va mahorat bilan mehnat qilmoqdalar.