Kelajagimizning qanday bо’lishi biz tarbiyalayotgan yoshlarga bog’liq. Bunday ulkan vazifani amalga oshiruvchi, moddiy va ma`naviy boyliklarni yaratuvchi oiladir. Oila jamiyatning bir bо’lagi, u butun insoniyat va har bir xalq taraqqiyotining beshigidir. Vatan mehri va gо’zalligini anglash ham oiladan boshlanadi. Inson borki, tug’ilgan kunidan boshlab, о’zining ma`naviy va moddiy ehtiyojlarini oilada qondiradi. Shunday ekan, oiladagi muhitning qay tarzda bо’lishi bolaning tarbiyasiga ta`sir etuvchi muhim omil hisoblanadi. Milliy mafkuramizga mos bо’lgan ilk tushunchalar, avvalo, oila muhitida shakllanadi.