Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida tijorat banklarning kredit siyosatini ishlab chiqish, oqilona kredit risklarini optimallashtirish, kreditlash tizimi samaradorligini oshirish kabi masalalar dolzarb hisoblanadi. Moliyaviy inqiroz sharoitida iqtisodiy muhit tijorat banklari faoliyatida mavjud muammolarni oldini olish, mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bо`lgan tijorat banklarining faoliyati sifatini oshirish va samarali kredit mexanizmini yaratishni taqazo etadi.