Ko’rish analozatorining faoliyati buzilganligi sababli ko’r va zaif ko’ruvchi bolalarning nutqiy rivojlanishi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, bu nutqda o’z aksini topadi (exolaliya, “formalizm”, so’z turkumining buzilishi va boshqalar). Logopediyadagi mavjud izlanishlar asosan ko’rishida chuqur nuqsoni bor bolalarning talaffuzidagi nuqsonlariga bag’ishlangan. Mazkur ishda ana shu logopedik ish xususiyatlariga asosiy e`tibor qaratilgan.