Ma’ruzalar matni va laboratoriya mashg’ulotlari iqtisodiy geografiyaning yo’nalishlaridan biri bo’lgan noishlab chiqarish tarmoqlari (ijtimoiy) geografiyasiga bag’ishlangan. Unda noishlab chiqarish tarmoqlari geografiyasining shakllanish tarixi, rivojlanish bosqichlari, geografiya fanlari tizimida tutgan o’rni va hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o’tish davridagi vazifalari imkon qadar yoritilgan.