Odam yer kurrasining o`zi istagan joyida yashashi mumkin. Lekin, Vatan bitta bo`ladi. Chinakam inson uchun Vatan, shunchaki boshpana, ish joyi, boylik orttiradigan manzil yoki jug`rofiy tushuncha emas. Vatan – ajdodlar ruhi, iymoni, xullas, insonni inson qilib turgan muqaddas tuyg`udir. Uning ulug`ligi ham shunda. Inson uchun bu yorug` olamda Vatandan aziz, undanda mo`tabar narsa yo`q. Insoniyatning ulug` mutafakkirlari-yu, tengsiz daholari hamisha Vatanni ulug`lab ardoqlab beqiyos o`lmas tuyg`ularini avlodlarga meros qoldirganlar.