Malakaviy bitiruv ishining maqsad va vazifalari: 4-sinflarning ona tili darslarida o`quvchilarning tafakkurini rivojlantiruvchi o`quv topshiriqlari, xususan mustaqil ishlarning bajarishda ularga qo`yiladigan talablarni aniqlash, o`quv topshiriqlarining tuzilishi, vazifalari va imkoniyatlarini tavsiflash, boshlang`ich sinf ona tili darslarida o`quvchilarning faol fikrlashlarini va tafakkurini rivojlantirishda nutqning o`rni va rolini bеlgilash, uning muhim vosita ekanligini lingvistik-grammatik o`yinlar vositasida o`quvchi-yoshlarning bilim saviyalari yanada yuqorigi bosqichlarga ko`tarish va mustahkamlash borasida fikr-mulohazalarni yuritishi, shu sohada qo`llangan dastlabki ijodiy tajribalarimizni baholi qudrat bayon etish-muhokamaga qo`yilgan ushbu kamtarin malakaviy bitiruv ishimizning asosiy maqsadi hisoblanadi