Yurtimizda qabul qilingan 2011-2015-yillarda sanoatni ustuvor darajada rivojlantirish dasturi va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir tarmoq dasturlarining izchil amalga oshirilishi natijasida sanoat tarkibida yuqori qo`shimcha qiymatga ega bo`lgan, raqobatdosh mahsulotlar tayyorlayotgan qayta ishlash tarmoqlarining o`rni tobora ortib bormoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 78 foizdan ortig`i aynan ana shu tarmoqlar hissasiga to`g`ri kelmoqda.