"Tabiatshunoslikning o`qitish metodikasini yaxshi bilish boshlang`ich maktab o`qituvchisiga bolalarni o`qitishni to`g`ri tashkil qilish imkonini beradi. Metodika o`qituvchini tabiatshunoslikni o`qitish nazariyasi bilan qurollantirib, o`qitish mahoratini egallab olishiga imkon yaratadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida yuksak, umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka ega pеdagogik kadrlarning yangi avlodini shakllantirish vazifasi fanning asosiy maqsadidir."