Uslubiy‐qo`llanmada issiqlik nurlanish qonunlari bayon etilgan. Bunda issiqlik nurlanishining eng asosiy qonunlaridan Kirxgof qonuni, Stefan‐Boltsman qonuni, Vinning siljish qonuni kabi qonunlar atroflicha bayon etilgan. Absolyut qora jism nurlanishini qisman tushuntiruvchi Reley‐Jins va Vin formulalari keltirib chiqarilgan. Yangi, kvantlanish g`oyasi negizida interpolyatsion usulda topilgan Plank formulasi berilgan. Ayrim masalalarning yechilish usullari bayon etilgan.