Haqiqatan ham XXI asr – axborot tehnologiyalari asri. Hozirgi kunda hayotimizda axborot tehnologiyalari va kompyuterlar qo’llanilmagan soha qolmadi. Asr boshida turibmiz, demak, hali oldinda qancha yangidan-yangi tehnologiyalarning yaratilishi va tadbiq etilishiga guvoh bo’lamiz. Ulardan foydalanishni uddalash uchun maxsus axborot tehnologiyasi sohasi bilimlariga ega bo’lmasada, har jabhada keng qo’llanadigan kompyuter dasturlarida ishlashni o’rganish barchadan talab etiladi. Bugungi kunda ham Micrasoft Office dasturlarigda ishlashni bilish ixtiyoriy soha mutaxassisi uchun eng asosiy majburiy shartlardan biriiga aylangan. Ushbu ommaviy dasturlarda va umuman kopmyuterda ishlash borasida o’z bilimini oshirish har bir inson uchun eng muhim ehtiyojlardan biriga aylanib bormoqda.