«Tizimli dastur ta`minoti» o`quv kursining asosiy maqsadi «Informatika va informasion texnologiyalar» yo`nalishi talabalariga tizimli dasturlar tuzish asoslarini o`rgatishdir. Unda EHM ning arxitekturasi, faqatgina disklar bilan ishlash, axborotni tashkillashtirish va saqlash, axborotni zichlab yozish, rezident programmalarni tuzish, tizimli dastur ta`minotining prinsiplari, usullari va ishlab chiqarish vositalari va ko`pgina boshqa masalalar yoritilgan.