Buxgalteriya tizimi uchun xos bo`lgan bunday konfiguratsiyalarni yuqorida sanab
o`tilganlaridan tashqari boshqa dasturiy vositalar yordamida ham yaratish mumkin. Bo`lish
tamoyili informatika uchun alohida ahamiyatga ega, chunki juda ko`p hollarda aynan bir xil
vazifalarni hal qilishda apparat vositalaridagi, xuddi shunday tarzda dasturiy vositalar bilan ham
amalga oshirish mumkin. Dasturiy yechimni tanlash mezoni unumdorlik va samaradorlikka
xizmat qiladi. Odatda, apparat yechimlari o`rta hisobda olganda qimmatroqqa tushadi, ammo
dasturiy yechimlarni amalga oshirish esa xodimlardan ancha yuqoriroq malakani talab qiladi.