Ushbu uslubiy qo’llanma inklyuziv ta`lim haqida tushuncha berib, bu tizim bo`yicha bir necha tavsiyalarni o`z ichiga oladi. Tavsiyalarda barcha bolalarning ta’lim olish muhitini o’rganib maxsus ehtiyojli bolalarning ta’limiy ehtiyojlariga umumiy baho beriladi. Mazkur tavsiyalarning maqsadi - maktablarni maxsus ehtiyojli bolalarnig ehtiyojlariga javob beradigan qilib moslashtiradigan jarayonni qo’llab–quvvatlash.