Yangi korxonalarni loyihalashda va ishlab turganini qayta qurishda tashkiliy-texnologik xulosalarning muhim ahamiyati bor. Chunki bo`lajak korxonaning qanchalik samarali bo`lishi shu xulosalarga bog`liq. Bunda mehnat unimini oshirishga, mahsulot sifatini yaxshilashga, ishlab chiqarish maydoni va texnikadan to`la foydalanishga yordam beradigan masalalarni hal etishga alohida ahamiyat berilmog`i kerak.