Yarimo’tkazgichlardan tayyorlanayotgan asboblarning turi va qo’llanilish soxalarining kengayishi ularni tayyorlash texnologik jarayonlarini o’rganishni talab qiladi. MDYa tipidagi tuzilmalarni olishda bajariladigan xar bir texnologik jarayon orqali fizik xodisalarni taxlil qilish mumkin. Texnologik usullarning yangilanib borishi, bu turdagi asboblarni takomillashishiga olib keladi. MDYa strukturalarda kechayotgan fizik xodisalar tafsifini ularning VAXsi va VFXlari yordamida aniqlash mumkin.