U o`rtamiyonagina yozuvchi edi. Bu endi har baloni o`qiyverib osmonga sapchiydigan bo`lib qolgan bizga o`xshash «dono»larning fikri. Albatta, u Mark Tven, Daniel Defo, Janni Rodari yoki Prishvin singari buyuk salaflarini birmuncha o`qigan, bugun bolalar dunyosini zabt etgan Garri Potterni ham elas-elas eshitgan, bizning davra bayroq qilgan Joys, Prust yoki Dos Passos degan mashhuri jahonlardan esa mutlaqo xabarsiz bir «lodon» edi.