gan.
Kitobda quyidagi savollar bayon qilingan: bojxona faoliyatining
va organlarining menejmenti; bojxona yagona avtomatlashtirilgan
axborot tizimi tuzilmalari; mamlakatning bojxona siyosati, nazoratini
amalga oshirish, rejimlari va bojining stavkasi; bojxona to’lovlari,
deklarasiyasini to’ldirish va rasmiylashtirish tartibi; bojxona
statistikasi kо’rsatkichlari va maxsus bojxona statistikasi tashqi
iqtisodiy faoliyat bojxona munosabatlari; tovarlar qiymati bojxona
bahosini chiqarishning usullari, bojxona qiymatini nazariy aniqlash va
boj stavkalarining nazariy hisobi; bojxona to’lovlarini kechiktirib yoki
bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyatini berish tartibi va nazariy hisobi;
elektron deklaratsiyalash tizimi.
Ushbu o’quv qo’llanma 5.340.200 – Menejment (tarmoq bo’yicha)
ta`lim yo’nalishi bakalavrlari fundamental fanlari qatorida o’qishi
mumkin, tarmoq iqtisodiyoti iqtisodchi talaba bakalavrlari, hamda
iqtisodchi mutaxasislar uchun o’quv qo’llanma sifatida tavsiya qilish
mumkin.