Meva va sabzavotlar - ko’pchilik vitaminlar, mineral moddalar,aromatik va fiziologik aktiv moddalarning asosiy manbai hisoblanib, insonning to’la qimmatli oziqlanishida zarurdir. Meva va sabzavotlarni saqlash va qayta ishlash axolini butun yil bo’yi bu mahsulotlar bilan ta`minlashning asosiy mezonidir. Respublikamiz mustaqillika erishgach chiqarilgan qator farmoyish va qarorlar meva sabzavotlarni yetishtirish ularni saqlashning takomillashgan usullarini joriy qilish va qayta ishlab sifatli ozuqaviy mahsulotlar olishga qaratildi.
Ma`lumki serquyosh o’lkamizda shirin va shakar meva-sabzavotlar ko’plab yetishtiriladi.