"Pеdagogika fanining prеdmеti o’qitishning, ta`lim-tarbiyaning zamonaviy qonuniyatlari, mazmuni, usullari, vositalari bilan kishilarni, yoshlarni, mutaxassislarni qurollantiruvchi fan bo’lganligi uchun uning mеtodologik asoslari, maqsad va vazifalari dunyoning moddiy-ma`naviy rivojida shaxs kamoloti uyg’unligi qonuniyatlari va davlatning zamonaviy siyosatidan kеlib chiqadi.
Olamning moddiy-ma`naviy tuzilishi, qurilishi, uning rivoji, insonning moddiy-ma`naviy yashash sharoiti, imkoniyatlari, uning aqliy, axloqiy, jismoniy holati bilan uzviy bog’liq.