Elektron nazariya asosida atomlararo ikki xil bog’lanish mavjudligi aniqlandi. Birinchi xil bog’lanishda molekula zaryadlanmagan zarrachalardan iborat bo’ladi. Bu xil bog’lanish kovalent bog’lanish deb ataladi. Ikkinchi xil bog’lanishda molekula qarama-qarshi elektr bilan zaryadlangan ionlardan iborat bo’lib, bu bog’lanish ion bog’lanish deb ataladi.