Arrali jinlardan foydalanish va ularni ta`mirlashni tashkil qilishda ilmiy asoslangan texnologiyalar ishlab chiqish, ushbu jarayonlarni amalga oshirishda mehnatni to`g`ri tashkil qilish, nuqsonli detallarini optimal ravishda qayta tiklash dolzarb vazifalardan biri bo`lib hisoblanadi.
Ishning maqsadi. Paxta tozalash korxonalarida ishlatilayotgan arrali jinlardan foydalanish, nuqsonlarini aniqlash va ularni ta`mirlashni tashkil qilish texnologiyalarini ishlab chiqish, ushbu jarayonlarni amalga oshirishda mehnatni to`g`ri tashkil qilish, nuqsonli detallarini optimal ravishda qayta tiklash.