O`quv qo`llanma 200 soatga mo`ljallangan bo`lib, oliy o`quv yurtining II-III-IV kurs nemis filologiyasi fakulteti va nemis tili bo`limi talabalari uchundir. O`n to`rt mavzuni o`z qamroviga olgan bu kitob yurtimizning mustaqilligi, Respublikamiz siyosiy, ijtimoiy hayotiga oid maqola va xabarlarni nemis tilida o`qish, tushunish va shu mavzuda suhbat yuritish kabi ko`nikmalarni rivojlantirishga qaratilgandir.