Bahorda tug`ilganim uchun bu faslni yaxshi ko`raman. Chunki bo`yimga bo`y, kuchimga kuch qo`shiladi. O`tgan bahorda bo`yim juda kichkina edi, bu yil ancha o`sib, biroz to`lishdim. Barglarim ham siyrak edi, zichlashib, ko`payib qolibdi. Atrofimda mendan boshqa yosh nihol yo`q, hammasining bo`yi cho`zilib, katta daraxt bo`libdi. O`n qadamcha narida bir keksa daraxt bor, uni o`tgan yili ham ko`rgandim. Avvaliga gapirishga uyaldim, lekin u bilan suhbatlashgim kelaverdi.
Muallif: Shahnoza Karimova