Mustaqillik davrida o`zbek tili beqiyos darajada rivojlandi. O`zbek adabiy tilining istiqlol yillaridagi taraqqiyoti jarayonida yuz bergan o`zgarishlar nuqtai nazaridan uning so`z yasalishi sistemasiga nazar tashlar ekanmiz, bunday o`zgarishlarni so`z yasovchi vositalarning faollashuvi, vazifa doirasining kengayishida so`z yasovchi yangi birliklarning, so`z yasalishi yangi tiplarining paydo bo`lishi va boshqalarda ko`rish mumkin.