Nutq madaniyati, agar masalaga til nuqtai nazardan qaraladigan bo’lsa, bu, eng avvalo, nutqning to’g’riligi demakdir. Ikkinchidan esa, u uslubiy jihatdan silliq bo’lishi kerak, ya’ni unda noaniqlikka, ikkima’nolilikka, uzundan-uzoqlikka yo’l qo’yilmasligi, qisqalik, soddalik va aniqlik bu nutqning asosiy o’lchovi bo’lishi lozim.