Kapital qurilish xalq xo`jaligining muhim tarmog`i bo`lib, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadlariga mo`ljallangan asosiy fondlarni kengaytirilgan tarzda takror ishlab chiqarishni ta`minlaydi. Kapital qurilishning asosiy vazifasi fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish hamda uy-joy binolari, kommunal-maishiy va sotsial-madaniy maqsadlarga mo`ljallangan obyektlar qurish negizida mamlakatimizning ishlab chiqarish potensialini yuksaltirishdan iborat.