“Ming afsuski, biz modernizasiya deganda, ko`pincha sanoat tarmoqlarini modernizasiya qilishni tushunishga o`rganib qolganmiz. Holbuki, sanoat bilan bir qatorda iqtisodiyotimizning qishloq xo`jaligi kabi yetakchi sohasini ham modernizasiya qilish, uning tarkibiga kiradigan deyarli barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining butun kompleksida texnik va texnologik yangilash ishlarini amalga oshirishga katta ehtiyoj sezilmoqda”.
O`simliklar dunyosi, jumladan, dorivor o`simliklar ham tabiat boyliklaridan biri hisoblanadi. Shifobaxsh o`simliklarning xosiyati qadim zamonlardan odamlarga ma’lum bo`lgan va ulardan kasalliklarni davolash uchun foydalanib kelingan.