Materialshunoslik-metall va qotishmalarning tarkibi, tuzilishi va xossalarini umumiy holda bog’lab, ularni tashqi faktorlar: issiqlik, ximiyaviy, mexanik, radioaktiv va elektro-magnitlar ta`sirida o’zgarish qonuniyatlarini o’rganuvchi fan hisoblanadi. Shuni aytish lozimki, metalshunoslik faqat metall va qotishmalarning ichki tuzilishi, tarkibi va xossalarini o’zgarish sabablarini tushuntirish bilangina chegaralanmay, balki ularning xossalarini o’zgartirish yo’llarini ham o’rgatadi.