Bitiruv malakaviy ishini bajarishda bir jinslimas sterjendagi to’lqin tarqalish jarayonini o’rganish maqsad qilib qo’yilgan. Shu sababli sterjenda to’lqin tarqalishi haqidagi ma’lumotlarni o’rganish, sterjenning tebranish tenglamasini keltirib chiqarish, ikki sterjen ulangan kesimlardagi ko’chishlarning o’zaro bog’lanish shartlarini topish va birjinslimas sterjenda to’lqin tarqalish jarayonini sonli tahlil qilish vazifasi belgilangan.