«Milliy iqtisodiyot» kursi bo’yicha tayyorlangan mazkur o’quv qo’llanmada Milliy iqtisodiyot tushunchasi, O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi, uni bozor iqtisodiyotiga o’tishi, Respublikada milliy iqtisodiyotni shakllanishi, uning rivojlanishini ta’minlovchi omillar, milliy iqtisodiyotning tarkibini qayta qurish, ishlab chiqarish va sotsial majmualarini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, mazkur o’quv qo’llanmada strategik rejalashtirish, O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyati kabi masalalar ham o’rganilgan.
Mazkur o’quv qo’llanma iqtisodiy oliy o’quv yurtlari talabalari, professor-o’qituvchilariga hamda milliy iqtisodiyotga qiziquvchi kitobxonlarga mo’ljallangan.