Har bir davlat yoki jamiyat taraqqiyotga yuz tutishi uchun o’zida ma`lum bir maqsadni ifodalagan g’oyalarga, jamiyatni uyushtira, safarbar qila oladigan darajada ishontira oluvchi mafkuraga ega bo’lishi kеrak. Bunga tarixda misollar juda ko’p. Aksincha mafkuraviy zaif, bunyodkor g’oya atrofida jipslashmagan jamiyat tanazzulga yuz tutgan, ayirmachilik g’oyalari tufayli mamlakat porakandalikka uchrab ichki nizolar, urushlar avj olgan, xorijiy mamlakatlar bosqiniga qulay sharoit yaralgan. Bu esa jamiyatda kishilar taqdirida moddiy va ma`naviy yo’qotishlarga olib kеlgan. Ushbu mavzu bo’yicha uslubiy maslahatlar jamiyat taraqqiyotiga g’oya va mafkuralar qay darajada ta`sir ko’rsatishi, mafkuralarning tarixiy roli nimadan iborat ekanligini tushunib olishda talabalar nimalarga e`tibor bеrishi kеrakligiga bag’ishlanadi.