Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar mobaynida Sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo`lib xizmat qiladi. Uzoq davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay O`zbekiston xalqi avloddan avlodga o`tib kelgan o`z tarixiy va madaniy qadriyatlarini saqlab qolishga muvaffaq bo`ldi.