Tasviriy san’at tarixining rivojlanish jarayonlari juda qadim eramizdan avvalgi davrga borib taqaladi. G’orlardagi devoriy rasmlar, toshdan va suyakdan yasalgan haykalchalar, tosh plitalardagi va kiyik shohlari parchalaridagi naqshinkor estetik bezaklar hali inson badiiy ijodiyotini ongli ravishda tasavvur qilishdan birmuncha ilgari yuzaga kelgan.