Mineral o’g’itlar, asosan azotli, fosforli va kaliyli o’g’itlar o’simlik talabi darajasida berilgan sharoitda ham o’simliklarga mikroelementlar yetishmasligi seziladi. Mikroelementlar bilan ta’minlash maqsadida tarkibida mikroelementlar saqlaydigan kompleks o’g’itlarni o’rganish, o’simlikni ildizdan tashqari, bargdan oziqlantirish katta amaliy ahamiyatga ega.