Respublikamiz aholisi turmush tarzini izchil shakllantirish, ularni ilmiy asoslangan normalar bo’yicha oziq – ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, qishloq xo’jalik mahsulotlarining kerakli zahirasini barpo etish – bularning hammasi barchamizning oldimizdagi muhim vazifa hisoblanadi. Shu yuzadan belgilangan reja va dasturlarning bajarilishi avvalo fermer xo’jaliklaridagi chorvachilikning muvoffaqiyatli rivojlanishiga bog’liq. Binobarin hozirgi paytda mol bosh soni va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ko’pchilik qismi aynan fermer xo’jaliklarga to’g’ri