Ilmiy maqsadi. Biofizikaning asosiy bo`limlari - biologik jarayonlar kinetikasi va termodinamikasi, biopolimerlar strukturasi va funksiyasi, hujayra biofizikasi, elektrofiziologiya, bioenergetika, fotobiologik jarayonlar biofizikasi va h.k dir. Shunday qilib, biofizika ayrim makromolekulaning tuzilishi va funksiyasidon tortib, biosfera darajasigacha bo`lgan gradatsiyalarda kechadigan jarayonlarni tekshirib, ularning mexanizmlari va ichki dinamikasini tushuntirishni o`z oldiga maksad qilib qo`yadi.