Bugungi kunda ham zamonaviy fan-texnika yutuqlaridan noto‗g‗ri
maqsadlarda foydalanishga bo‗lgan urinishlar tobora ko‗payib bormoqda. Mana
shunday texnologiyalardan biri — bu uyali aloqadir. Bu vosita bugun
hayotimizning ajralmas bir qismiga aylanib ulgurgan. U masofalar kesimida biz
7
yashayotgan kurrai-zaminni shunchalar kichraytirib qo‗ydiki, bugungi kunda
yer sharining narigi burchi bu chekkasi bilan soniyalar ichida aloqa bog‗lay
oladi. Shu o‗rinda biz qo‗l telefonining kundalik ijtimoiy foydali tomonlari
haqida to‗xtalib o‗tirmaymiz, bu haqida shundoq ham yetarlicha ma`lumot
tarqatilgan.