Koraqalpog`iston territoriyasida begona o’tlarning 200-220 ga yaqin turi tarqalgan. Odam qo’li bilan ekilmagan, ammo ishlov beriladigan erlarda qishloq xo’jaligi ekinlari orasida o’sib, yashashga moslashgan va ularga katta zarar keltiradigan o’simliklar begona o’tlar deb ataladi. Ayrim madaniy ekinlar ichida boshqa bir madaniy o’simliklar turi ham uchrashi mumkin, ular shu ekinlar uchun begona o’t bo’lib hisoblanadi.