O`zbekiston Respublikasining mustaqillikni qo`lga kiritishi xorijiy
mamlakatlar bilan bevosita aloqalar o`rnatish imkoniyatini yaratdi. Bu esa
vatandoshlarimizning chet tillarini chuqurroq egallashlarini taqazo qiladi.
Chunki xorijiy mamlakatlardan respublikamizga ko`plab ishbilarmonlar kela
boshladi, yurtdoshlarimiz bilan turli sohalarda hamkorlik o`rnatilayapti, yoshlar
chet ellarga o`qish va ishlash uchun yuborilmoqda, respublikamizni tanigan
davlatlar bilan diplomatik munosabatlar o`rnatilmoqda. O`qish va ishlarga jalb
qilingan shaxslar chet tilini yaxshi bilsalargina, o`z oldilariga qo`yilgan
maqsadni muvaffaqiyatli amalga oshiradilar.