O’quv-uslubiy majmua 5140300 “kimyo va ekologiya” bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yisha tahsil оlayotgan I -II kurs talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, unda “ Anorganik kimyo” fanining nazariy asoslari yoritilgan.
Ma’ruzalar zamonaviy pedagogik texnologiya talablariga mos ravishda tayyorlanib, unda dars maqsadi, identiv o’quv maqsadlari, mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar, nazorat savollari va mustaqil ish topshiriqlari keltirilgan. O’quv metodik majmuaning IV-qismida talabalar tomonidan bajarilishi lozim bo’lgan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish tartiblari bayon qilingan.