Ushbu darslikning mualliflari M.Ulug’bek nomidagi ToshDU sotsiologiya kafedrasining professor-o`qituvchilari bo`lib, ular sotsiologiyadan universitetning sotsiologiya bo`limida va boshqa fakultetlarda ma`ruzalar o`qiydilar. Sotsiologiyani o`rganishga kirishilar ekan, avvalo uning alohida fan ekanligi to`g`risidagi ma`lumotlarni (ya’ni predmetini, masalalarini va vazifalarini uning falsafa, iqtisod, matematika, statistika, kibernetika, demografiya va boshqa fanlar bilan munosabatini, sotsiologik bilimlarning asosiy elementlarini va tizimini aniqlash hamda uning taraqqiy etish yo`llarini istiqbolini belgilash muhim vazifalardan biridir.