Yaponiya konstitutsion monarxiya hisoblanadi. Yaponiya konsitutsiyasi 3 may 1947 yilda kuchga kirdi va asosan AQShning okkupatsion kuchlari tomonidan tuzilgan edi. Yaponiya Konstitutsiyasining to`qqizinchi moddasi mamlakatni urush olib borish hamda qurolli kuchlarga ega bo`lish huquqidan mahrum etadi. Ammo, aslida esa, Yaponiya o`z armiyasiga egadir — Yaponiya mudofaa kuchlari.