Yangi va eng yangi davr falsafasi

Yangi va eng yangi davr falsafasi
Daraja:
Oliy ta`lim
Turi:
Referat
Nashr etilgan yili:
2013
Til:
O`zbek tilida (lot.)
Yaratilgan vaqti:
2021-04-15 04:03:50
Ushbu referatda falsafaning muhim rivojlanish bosqichini yoritib berilgan. Jumladan, G’arbiy yevropa va O’rta osiyodagi falsafiy fikrlar rivoji haqida umumiy tasavvurlar beradi. Ushbu davrda yashab ijod qilgan fransuz mutafakkirlari F.Bekon, R.Dekart ingliz faylasuflar T.Gobbs, J.Lokk kabi faylasuflarning falsafiy qarashlari haqida fikr yuritiladi. Qolaversa O’rta Osiyodan Al- Buxoriy, B. Mashrab, So’fi Olloyor va M.Behbudiy kabi qomusiy olimlarning falsafiy ta’limotlari haqida ma’lumotlar berilgan.Gollandiyada (1566-I609) va Angliyada (I640-I688) bo`lib o`tgan ilk burjua revolyusiyalari, ularning G`arbiy yevropa mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy va mafkuraviy jihatdan taraqqiy etishiga ko`rsatgan ta`siri yangi davrning muhim voqealari hisoblanadi. Shuni aytish kerakki, yirik mashinali ishlab chiqarish fan va texnikaning taraqqiy etishini taqazo qilardi. London va Parijda fanlar akademiyasining tashkil qilinishi, tabiyotshunoslik va matematikaning tez sur`atlar bilan rivojlana borishi, mukammal soatlar va tegirmonlarning yaratilishi va shu kabilar davr amaliy ehtiyojini qondirishga qaratilgan javob bo`ldi. Tabiyotshunoslik bilan uzviy aloqada, o`rta asr sxolastikasiga qarshi keskin kurash jarayonida yangi davr falsafasi shakllandi. Bu falsafa mexanistik va metafizik xarakterga ega ekanligi bilan ajralib turadi, o`zida davr bilishi xususiyatlarini ifoda qiladi. Kepler va Galileyning kashfiyotlari, Nyuton tomonidan mexanikaning asosiy qonunlari va prinsiplarining yaratilgani, mexanikaning nazariy fan sifatida to`liq shakllanishiga, mexanitsizmning esa, ilmiy bilish va falsafada hukmron dunyoqarash va metodologiyaga aylanishiga olib keldi.Tabiat hodisalarini tushuntirishda mexanika qonunlarning mutloqlashtirilishi, tarixiy yondashishning yo`qligi eksperimentlar qo`yish, faktlar to`plash bilan ovora bo`lib, predmetlar o`rtasidagi bog`lanishlarni e`tibordan chetda qoldirishga, o`z navbatida, tabiyotshunoslik va falsafada metafizik fikr yuritish usulining shakllanishiga va uning keng qo`llanilishiga sabab bo`ldi. Ilk burjua revolyusiyalari davrida qator yangi ilm sohalarining vujudga kelganligini, ilmiy va falsafiy tadqiqotlarning bir-biridan aniqroq chegaralana borganligini, falsafada bilish metodi masalasining keng muhokama qilinganini alohida ta`kidlash zarur.

Дабавлено : 2021-04-15 04:03:50

Этот категорий

Pythonda matematik hisoblashlarni dasturlash

Nazariy mexanika

Nazariy mexanika

Fundamentals of scientific research and innovation

Oila tibbiyoti

Новый

Жиззах вилоятида туристик дестинацияларни ташкил этишнинг ҳудудий жиҳатлари

Таълим муассасаси раҳбарининг бошқарув фаолиятида соғлом ва ижодий муҳитни яратиш механизмларини такомиллаштириш

Ишлаб чиқариш таълими усталарининг касбий компетентлигини ривожлантириш

Eliptik qismi yuqori tartibli bo`lgan kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun to`g`ri va teskari masalalar

Саноат корхоналари ривожланишининг инновацион стратегияларини такомиллаштириш