Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari orasida o’tkaziladigan olimpiada testlari.Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin bizning o’zbek yigit-qizlari jahon arenalarida sport va ilm-fanning turli sohalarida yutuqlarga erishib yurtimiz sharafini himoya qilishmoqda. Ularga o’z sohasini mukammal biladigan mutaxassislar bo’lib yetishishi uchun jahon standartlari darajasida bilim berish, fanlarni chuqur o’rgatish, fanning ishlab chiqarish bilan aloqasini mustahkamlash bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Shuning uchun bu bitiruv malakaviy ishimda o’quvchi yoshlarning faol matematik tushunchalarini rivojlantirish, mustaqil fikrlash jarayonini o’stirish uslubiyotini ishlab chiqishga harakat qildim.
Keyingi paytlarda respublikamiz hukumati tomonidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga katta e`tibor qaratilmoqda. Unda o’quvchi yoshlarning bilim darajasini yanada yuksaltirish, ularning fan olimpiadalarida faol ishtirokini ta’minlash va sovrinli o’rinlarni egallashlariga imkon darajasida yordam berish, jahon miqyosidagi ilmiy salohiyati yuqori yoshlar qatoridan joy egallashlariga ko’maklashish masalalarini eng asosiy va dolzarb masalalardandir. Ularning moddiy texnika bazasi kuchaytirish, o’qituvchilarning ilmiy va uslubiy salohiyati yuksaltirish orqali yuqori malakali, xalqaro standartlar talablariga javob bera oladigan kadrlar tayyorlash, talabalarga yangi pedagogik va ta`lim texnologiyalaridan foydalanib zamonaviy bilim berish, shu maqsadda o’qituvchilarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash, ularni eng so’nggi zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish masalasi dolzarb bo’lib turibdi.