Қишлоқ хўжалигини ислоҳ қилиш фермер хўжаликларига бириктирилган ер участкаларини оптималлаштириш, пахта ва ғалланинг харид нархларини ошириш бўйича амалга оширилаётган изчил ишлар натижасида иқтисодиётимизнинг аграр секторида таркибий сифат ўзгаришлари юз бермоқда.Adabiyotshunoslik ilmining aosiy sohalaridan biri bo’lgan ilmi bade’ga doir dastlabki asarlar arab olimlari tomonidan yaratildi. Bu turdagi asarlar XI asrdan boshlab fors tilida yaratila boshlandi. Xususan, Roduyoniyning “Tarjumon ul-balog’a” (XI asr), Shams Qays ar-Roziyning “Al-mo’’jam” (1218-1233), Nosiriddin Tusiyning “Meyor ul-ash’or” (1251-1252), Husayn Voiz Koshifiyning “Badoyi’ ul-afkor fi sanoyi’ ul-ash’or” (XV asr), Abdulloh Mahmud Husayniyning “Badoyi’u-s-sanoyi’” (1493) asarlari shular jumlasidandir, Turkiy tildagi Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog’a” bu sohadagi ilk qo’llanma edi.
O’zbek adabiyotshunosligida mumtoz she’riy san’atlarni o’rganish, asosan, 1960 yillardan keyingi davrga to’g’ri keladi. Darhaqiqat, o’zbek adabiyotshunosligiga bag’ishlangan yirik asarlar va ilmiy maqolalarda ba’zan she’riy san’atlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Ularning ko’pchiligi Alisher Navoiy asarlari bilan bog’liq holda shoir mahoratini belgilash asosida o’rganilgan. Jumladan, Yo.Ishoqovning “O’zbek tili va adabiyoti” jurnali sahifalarida “Mutoz adabiyot poetikasidan ma’lumotlar” rubrikasi ostida e’lon qilingan 10 dan ortiq she’riy san’atlar haqidagi maqolalari, Maqsud Shayxzodaning “Ustod san’at xonasida” tadqiqotlari fikrimiz dalilidir .