Navoiy lirikasida takrorga asoslangan san’atlar

Navoiy lirikasida takrorga asoslangan san’atlar
Daraja:
Oliy ta`lim
Yo'nalish:
Ilmiy-ta`limiy
Turi:
Bitiruv malakaviy ishi
Nashr etilgan yili:
20125
Til:
O`zbek tilida (lot.)
Yaratilgan vaqti:
2021-04-15 03:58:32
Alisher Navoiy lirikasida iste’foda etilgan she`riy san`atlar, xususan, takrorga asoslangan san`atlar tadqiq etilgan. Unda tasdir, takrir, mukarrar, raddul – mat’la kabi poetik san`atlarning mohiyati, turlari o`rganilgan, shoir she`riyatidan keltirilgan misollar orqali fikrlar asoslangan.Adabiyotshunoslik ilmining aosiy sohalaridan biri bo’lgan ilmi bade’ga doir dastlabki asarlar arab olimlari tomonidan yaratildi. Bu turdagi asarlar XI asrdan boshlab fors tilida yaratila boshlandi. Xususan, Roduyoniyning “Tarjumon ul-balog’a” (XI asr), Shams Qays ar-Roziyning “Al-mo’’jam” (1218-1233), Nosiriddin Tusiyning “Meyor ul-ash’or” (1251-1252), Husayn Voiz Koshifiyning “Badoyi’ ul-afkor fi sanoyi’ ul-ash’or” (XV asr), Abdulloh Mahmud Husayniyning “Badoyi’u-s-sanoyi’” (1493) asarlari shular jumlasidandir, Turkiy tildagi Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog’a” bu sohadagi ilk qo’llanma edi. O’zbek adabiyotshunosligida mumtoz she’riy san’atlarni o’rganish, asosan, 1960 yillardan keyingi davrga to’g’ri keladi. Darhaqiqat, o’zbek adabiyotshunosligiga bag’ishlangan yirik asarlar va ilmiy maqolalarda ba’zan she’riy san’atlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Ularning ko’pchiligi Alisher Navoiy asarlari bilan bog’liq holda shoir mahoratini belgilash asosida o’rganilgan. Jumladan, Yo.Ishoqovning “O’zbek tili va adabiyoti” jurnali sahifalarida “Mutoz adabiyot poetikasidan ma’lumotlar” rubrikasi ostida e’lon qilingan 10 dan ortiq she’riy san’atlar haqidagi maqolalari, Maqsud Shayxzodaning “Ustod san’at xonasida” tadqiqotlari fikrimiz dalilidir .

Дабавлено : 2021-04-15 03:58:32

Этот категорий

Pythonda matematik hisoblashlarni dasturlash

Nazariy mexanika

Nazariy mexanika

Fundamentals of scientific research and innovation

Oila tibbiyoti

Новый

Жиззах вилоятида туристик дестинацияларни ташкил этишнинг ҳудудий жиҳатлари

Таълим муассасаси раҳбарининг бошқарув фаолиятида соғлом ва ижодий муҳитни яратиш механизмларини такомиллаштириш

Ишлаб чиқариш таълими усталарининг касбий компетентлигини ривожлантириш

Eliptik qismi yuqori tartibli bo`lgan kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun to`g`ri va teskari masalalar

Саноат корхоналари ривожланишининг инновацион стратегияларини такомиллаштириш