O’zbekiston mustaqilligining qo’lga kiritilishi, o’zbek xalqi davlatchiligidagi yangi bosqich

O’zbekiston mustaqilligining qo’lga kiritilishi, o’zbek xalqi davlatchiligidagi yangi bosqich
Daraja:
Oliy ta`lim
Turi:
Kurs ishi
Nashr etilgan yili:
2012
Til:
O`zbek tilida (lot.)
Yaratilgan vaqti:
2021-04-15 03:52:13
O’zbekistonda davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyat asoslarining barpo etilishi.1991 yil 19 avgustga kelib, butun jahonni hayajonga solgan Moskvada davlat to’ntarishiga urinish bo’ldi. Тo’ntarish tarafdorlarining asl maqsadlari ittifoqda yashovchi barcha xalqlarning mustaqillikka erishuviga yo’l qo’ymaslik hamda mamlakatdagi porokandalikdan foydalanib qolish edi. Lekin O’zbekiston rahbariyati mavjud ijtimoiy-siyosiy vaziyatni saqlash, respublika hududida favqulodda holat joriy etishligiga, Konstitutsion tuzumga qarshi kurash yo’lidagi harqanday harakatlariga uchmaslik uchun butun imkoniyatlarini ishga soldilar. O’sha vaqtda O’zbekiston Prezidenti Hindiston safarida edi. Safardan qaytib 19 avgust kuni kechqurun Тoshkent shahri faollari bilan uchrashib, qat’iy tarzda O’zbekiston nuqtai nazarini ma’lum qildi. Respublika rahbariyati: «Markazdan, kim bo’lishidan qat’iy nazar, berilgan qonunga xilof ko’rsatmalarni bajarish mumkin emas», deb hisobladi. 20 avgustda O’zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Тoshkent shahri rahbarlari ishtirokida qo’shma majlisi bo’ldi. Unda O’zbekistonning mustaqillikka erishish yo’li o’zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi. Prezident I.A.Karimov respublika aholisiga murojaat bilan chiqdi va O’zbekistonning o’z mustaqilligiga erishish yo’li qat’iy ekanligini ta’kidladi. O’zbekiston Prezidentining farmoni bilan favqulodda holat davlat komitetining g’ayrikonstitutsiyaviy, huquqqa qarshi qarorlari va boshqa ko’rsatmalar noqonuniy, deb e’lon qilindi. Shunday bir murakkab sharoitda, ya’ni Markaz va respublikalar o’rtasidagi munosabatlar tobora taranglashib, Markaz boshqaruv qobiliyatini yo’qotgan, har bir respublika o’z holiga tashlab qo’yilgan bir sharoitda tarixiy vaziyatni to’g’ri baholagan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirishni va unda O’zbekiston Mustaqilligi haqida Qonun qabul qilishni talab qildi. Chunki har bir milliy respublikaning chinakam teng huquqligi va mustaqilligi ta’minlangandagina tanazzuldan chiqish mumkin edi. Ayni shu maqsadlarni ko’zlab, jumhuriyat Oliy Kengashining ХII chaqiriq navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi 1991 yil 31 avgustda o’z ishini boshladi. O’zbekistonning Mustaqil davlat, deb e’lon qilinishida mazkur sessiya katta tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi. Unda «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida» gi Qonun hamda «O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog’i to’g’risida»gi Qonun kun tartibiga qo’yilib, qizg’in muhokama qilindi. Sessiyada O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida Prezident I.A.Karimov ma’ruza qildi. U o’z nutqida 1991 yil o’rtalarida Markaziy hukumat olib borayotgan ichki siyosatni tahlil qildi. 19-21 avgust kunlari Moskva favqulodda holat davlat komiteti a’zolarining xalqlar ozodligi, respublikalar mustaqilligiga qarshi qaratilganligi xalqqa ro’y-rost bildirildi. Oliy Kengash deputatlari moddama-modda muhokamadan so’ng «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risidagi Qonun»ni qabul qildilar. So’ngra davlat mustaqilligi to’g’risidagi Bayonot qabul qilindi. O’zbekiston SSRning nomi «O’zbekiston Respublikasi», deb o’zgartirildi. Mustaqillik belgilangan kun – 1 sentabr 1991 yildan boshlab milliy bayram va dam olish kuni, deb e’lon qilindi. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi haqidagi bu hujjatlar o’zbek xalqining asriy orzusi ro’yobga chiqqanligining huquqiy ifodasi bo’ldi.

Дабавлено : 2021-04-15 03:52:13

Этот категорий

Pythonda matematik hisoblashlarni dasturlash

Nazariy mexanika

Nazariy mexanika

Fundamentals of scientific research and innovation

Oila tibbiyoti

Новый

Жиззах вилоятида туристик дестинацияларни ташкил этишнинг ҳудудий жиҳатлари

Таълим муассасаси раҳбарининг бошқарув фаолиятида соғлом ва ижодий муҳитни яратиш механизмларини такомиллаштириш

Ишлаб чиқариш таълими усталарининг касбий компетентлигини ривожлантириш

Eliptik qismi yuqori tartibli bo`lgan kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun to`g`ri va teskari masalalar

Саноат корхоналари ривожланишининг инновацион стратегияларини такомиллаштириш