Kompyuter grafikasi dasturi asosida perspektiv tasvirlar hosil qilish mazmun mohiyati ochib berilgan. Perspektiva - markaziy proyeksiyalar asosida tasvirlarni yasash haqidagi fan bo’lib, to’g’ri chiziq, tekislikka doir pozitsion va metrik masalalarni echish -hamda tekis va hajmli shakllar, interer, ekstererlarni, perspektivasini yasash shuningdek perspektivada turli obektlarni soyalarini topish bo’yicha bilim beradi. Perspektiva tasviriy sanfat va qurilish chizmachiligi fanlarining nazariy asoslaridan biri bo’lib hisoblanadi. Chunki bu bo’yicha etarli bilimga ega bo’lmasdan turib, predmetlarni realistik tasvirini yasab bo’lmaydi. Bino, ko’cha, sport maydonchalari va shu kabilarning yaqqol tasviri perspektivada yasaladi.
Perspektiva fanining asosiy maqsadi kartinada kishi predmetlarni ko’rib, idrok qilganiga yaqin bo’lgan tasvirini yasashdan iborat.
Markaziy proyeksiyalar asosida geometrik yasashlar yordarnida predmetlarning hosil qilingan tasviri geometrik perspektiva deb ataladi. Tekislikda yasalgan geometrik perspektiva chiziqli (chizig’iy) perspektiva deyiladi. Kuzatish perspektivasi (ko’rgazmali perspektiva) asosida predmetlarning rasmini
naturadan foydalanib chizish, chiziqli perspektivaga asoslangan holda kishining naturadan ko’rib idrok qilganiga mos keladigan alohida tuzatishlarni kiritib amalga oshiriladi.
Predmetlar kuzatuvchidan har-xil masofada uzoqlikda bo’lsa, ulaming ravshan ko’rinishida farq borligi ko’rinadi. Masofa qancha katta bo’lsa, ularning ko’p havo qatlami ajratib turadi va peredmed shuncha xira ko’rinadi. Predmedni har-xil yoritilishi va havo qatlamining ta`siri ostida uriing rangini och-to’qligirii o’zgarishini kartinada tasvlrlash bilan rangtasvir rassomi (rassom-rangtasvirchi) shug’ullanadi. Yoritilishni va havoning ta`siri ostida ranglarning och-to’qligi nisbatlarining o’zgarish jarayorii shavoyi perspektivaga tegishli. Shunday qilib predmetlarga har-xil masofadan ko’rib idrok qilinishi bo’yicha bajarilgan tasviri havoyi perspektiva deb aytiladi. Silindirni ichki sirtida hosil qilingan tasvir gurabaz perspektiva deyiladi.