Darsning tayyorlov qismida o’quvchilar bir qismga saflanib, Salomlashib ularga dars mavzusi tushuntiriladi. O’quvchilarni yo’qlama qilib, turgan joyda burulish mashqlarini bajartiriladi.
Yengil atletikada yugurishning tekis yugurish, tusiqlar osha yugurish, estafetali yugurish va tabiiy sharoitda yugurish xillari buladi.
Tekis yugurish ma`lum masofaga yoki vaqtbay tarzda yugurish yulkasida (soat strelkasi xarakatiga teskari yo`nalishda) o`tkaziladi. 400 metrga va undan qisqa masofaga yugurishda xar bir yuguruvchi uchun alohida yo`lka ajaratiladi. Qolgan masofalarga yugurish umumiy yo`lkada o`tkaziladi. Belgilangan masofani o`tish uchun sarflangan vaqt sekundomer bilan o`lchanadi. Bir soatlik va ikki soatlik yugurishda vaqt chegaralangan bulib, natija shu vaqt ichida bosib o`tilgan masofa tarzida metr hisobida aniqlanadi.
Tusiqlar osha yugurishning ikkita xili bor: 1) g`ovlar osha yugurish – bunda yugurish yo`lkasida bir-biridan bir xil uzoqlikda masofadagi muayyan joylarga quyilgan bir tipdagi tusiqlardan oshib, 60 dan 400 m masofaga yuguradi:
2) 3000 metrga tusiqlar osha yugurish (stipl`-chez) – bunda yugurish yo`lkasida u er- bu erda mustahkam o`rnatilgan tusiqlar osha maydon sektorlaridan birida qovlangan chukurga tuldirilgan suvdan kechib yuguriladi.